Biznesni rivojlantirish banki keyingi bosqichda
"Biznesni rivojlantirish banki" mini-futbol bo‘yicha "UzCard" kubogining III turida "O‘zsanoatqurilishbank" jamoasini yirik 10:0 hisobida mag'lub etdi.
Bankimiz jamoasi shu tariqa guruhdagi barcha bahslarda g‘alaba qozonib 1/8 finalga yo'l oldi.
Eslatib o‘tamiz, "Biznesni rivojlantirish banki" mini-futbol jamoasi I turda “Turon bank” jamoasini 2:0 hisobida, II turda "Tengebank" jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Bankimiz jamoasiga keyingi bosqichlarda ham omad yor bo‘lsin!
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.