2024-yildagi asosiy koʻrsatkichlar haqida ma'lumot berildi
2025-yil 27-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2024-yildagi faoliyati asosiy koʻrsatkichlari” mavzusida brifing boʻlib oʻtdi.“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Axborot xizmati rahbari Sh.Oripov ishtirokida oʻtgan mazkur brifingda bankning 2024-yildagi faoliyati asosiy koʻrsatkichlari va erishilgan iqtisodiy natijalar haqida axborot berildi.
Xususan, 2025-yilning 1-yanvar holatiga Biznesni rivojlantirish bankining umumiy kapitali 4 trln 295 mlrd 400 mln soʻmni tashkil etdi.
Bank kapitali 1 trln 115 mlrd soʻmga yoki 35,1 foizga oʻsgan.
Bankning jami aktivlari 32 trln 133 mlrd 400 mln. soʻmga yetdi.
Jami aktivlar oʻtgan yilga nisbatan 5 trln 70 mlrd soʻmga oshdi. Bu 18,7 foizga oʻsishni anglatadi.
Biznesni rivojlantirish bankining daromad keltiruvchi aktivlari 26 trln 802 mlrd 100 mln soʻmga yetdi.
Bankning daromad keltiruvchi aktivlari oʻtgan yilga nisbatan 3 trln 43 mlrd soʻmga oshdi yoki 12,8 foizga oʻsish kuzatildi.
Daromad keltiruvchi aktivlarning bank jami aktivlaridagi ulushi 83,4 foizga oʻsgan.
Bankdagi banklararo depozitlari qoldigʻi 3 trln 137 mlrd 300 mln soʻmga yetdi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 1 trln 825 mlrd 800 mln soʻmga oshdi. Yoki 139,2 foiz oʻsishga erishilgan.
2025-yilning 1-yanvar holatiga, Biznesni rivojlantirish bankining kredit qoʻyilmalari 22 trln 530 mlrd 800 mln soʻmga yetdi.
Bu borada oʻtgan yilga nisbatan 730 mlrd 200 mln soʻmga yoki 3,3 foizga oʻsishga erishilgan.
Bankdagi dyepozit baza 10 trln 764 mlrd 800 mln soʻmni tashkil etdi. Oʻtgan yilga nisbatan 1 trln 346 mlrd 200 mln soʻmga oshdi. Bu 14,3 foizga oʻsish demakdir.
Bankning jami mijozlari soni 1 mln 625 ming 105 tadan oshdi:
jismoniy mijozlar soni 1 mln 543 ming 923 ta;
yuridik shaxs maqomidagi mijozlar soni 81 182 ta.
Bankdagi xizmat koʻrsatish ofislari soni Bosh amaliyotlar boshqarmasi bilan birgalikda 59 ta, xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari soni esa 156 ta, valyuta ayirboshlash shoxobchalari soni - 186 ta, 24/7 shoxobchalari soni - 321 tani tashkil etdi.
Sh.Opirov bank tomonidan tadbirkorlik subyektlariga oʻtgan yilda ajratilgan kreditlar haqidagi maʼlumaotlarga toʻxtalib oʻtdi.
“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 49 160 nafar tadbirkorga 4 trln. 835 mlrd. soʻmlik, shu jumladan, Biznesni rivojlantirish banki tomonidan 17 676 nafar tadbirkorga 1 trln. 737 mlrd. soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi. Buning natijasida 58 900 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Bankka respublika boʻyicha 648 ta mahalla biriktirilgan. 2024-yilda mazkur mahallalarda jami 1 trln 500 mlrd soʻm kredit ajratilib, 473 ming nafar aholi bandligi taʼminlandi.
Shundan 70 ming nafari doimiy ishga joylashtirildi va 403 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.
Xususan, “Sayxunobod tajribasi” asosida xonadonbay ishlash tizimi orqali har bir mahalladagi xonadonlarga jami 3992 ta moliyaviy paketlar, shu jumladan, 21 ming 800 ta mikroloyihalar amalga oshirilib, 672 mlrd soʻm kredit ajratildi. Natijada 40 102 nafar aholi bandligi taʼminlandi.
“Uychi tajribasi” asosida 608 ta uchrashuvlar oʻtkazilib, 6 900 ta murojaatlar koʻrib chiqildi va hal qilindi. Buning natijasida 12 600 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
2024-yilda xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 18 866 nafar ayollarga 919 mlrd 800 mln soʻm kredit mablagʻlari ajratildi. Bankka biriktirilgan mahallalarda 1868 nafar ayol tadbirkorlarga 122 mlrd 900 mln soʻm miqdorida bank krediti yoʻnaltirildi. Buning samarasi oʻlaroq, 3 862 ta yangi ish oʻrinlari vujudga keldi.
Umuman olganda “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan 2024-yilda 7 trln 300 mlrd soʻm kredit ajratildi.
“Biznesni rivojlantirish banki” kelgusida ham zamonaviy xizmatlarni koʻrsatish, kichik biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali xalqimiz va mijozlar ishonchini qozonishga intiladi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.