“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Savdoga ko‘maklashish dasturiga a’zo bo‘ldi
2025 yil 15 may kuni London shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) 34-yillik anjumani doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va YeTTB o‘rtasida savdo moliyasi yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ushbu halqaro moliya institutining Savdoga ko‘maklashish dasturiga a’zo bo‘lish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Ushbu kelishuv “Biznesni rivojlantirish banki” ATB uchun xalqaro savdo operatsiyalarini moliyalashtirishda kengroq ishtirok etish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining eksport-import faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularga xalqaro bozorlarga chiqishda moliyaviy ko‘mak berish va savdo moliyasi instrumentlaridan foydalanishni kengaytirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 1991 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 30 dan ortiq mamlakatda iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliya instituti hisoblanadi. Bank savdo moliyasi, infratuzilma, kichik biznes va barqaror rivojlanish sohalarida loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan.
YeTTBning Savdoga ko‘maklashish dasturi (Trade Facilitation Program – TFP) xalqaro savdoni rag‘batlantirish, shuningdek, ushbu xalqaro moliya institutiga a’zo mamlakatlardagi banklar mijozlarining xalqaro moliya bozorlariga chiqishiga ko‘maklashishga qaratilgan. Dastur 1999 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, shu vaqt mobaynida 32 000 dan ortiq savdo operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlagan va umumiy moliyalashtirish hajmi 33 milliard yevroni tashkil etgan. Bugungi kunda mazkur dastur doirasida dunyo bo‘ylab 800 dan ziyod banklar ishtirok etmoqda.
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.