“Biznesni rivojlantirish banki” ATB — PCI DSS 4.0.1 sertifikatiga ega bo‘ldi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib to‘lov kartalari industriyasi ma’lumotlar xavfsizligi bo‘yicha PCI DSS (Payment Card Industry Data Security Standard) 4.0.1 versiyasi talablariga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi.
PCI DSS sertifikati — to‘lov kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarda mijozlar ma’lumotlarini himoya qilish va xavfsizlik talablariga rioya etilishini tasdiqlovchi xalqaro standart hisoblanadi. Sertifikat olish jarayonida Bank tomonidan Bank kartalari tizimi, axborot xavfsizligi va IT infratuzilmasi xalqaro talablarga muvofiqlashtirildi hamda mustaqil audit kompaniyasi tomonidan tegishli tekshiruvlar o‘tkazildi.
Natijada, Bank tizimlari PCI DSS 4.0.1 versiyasida belgilangan xavfsizlik mezonlariga to‘liq javob beruvchi deb topildi. Bu esa bank tizimining ishonchliligini oshirish, to‘lov kartalari bilan bog‘liq risklarni kamaytirish va mijozlar ma’lumotlarini himoyalashga doir chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilayotganini anglatadi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.