“Biznesni rivojlantirish banki” ATB — eng faol targ‘ibotchi
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” respublika tanlovlari doirasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli tanlovlar jarayonida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi. Ushbu eʼtirof bank jamoasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli va samarali tashkil etish, jamiyatda milliy qadriyatlar, maʼrifat va bunyodkorlik g‘oyalarini keng targ‘ib etish yo‘lidagi faoliyati natijasidir.
“Eng namunali tuman va shahar” tanlovining respublika bosqichida viloyat bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 ta tuman va shahar ishtirok etmoqda. “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida esa 30 ta vazirlik va idora o‘z faoliyati bilan bellashmoqda.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB kelgusida ham maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni rivojlantirish, targ‘ibot va tashviqot faoliyatini yanada kuchaytirish orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda davom etadi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Milliy matbuot markazida brifing o‘tkazildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.