Bitiruvchi yoshlar ish bilan ta’minlanmoqda
Bugungi yoshlar ertangi kunimiz poydevori! “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bilimli va iqtidorli yoshlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi.
Bankimiz tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta‘lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchi yoshlarini ish bilan ta’minlash va amaliyot tizimini takomillashtirish maqsadida haq to‘lanadigan amaliyot tanlovi o‘tkazilganligi.
Mazkur tanlovni har tomonlama adolatli va xolis o‘tishi uchun Inson resurslarini boshqarish (HR) departamenti mutaxassislari hamda Qarshi bank xizmatlari ofisi rahbariyati shaxsan kuzatib bordi.
Tanlovda 120 nafardan ortiq talabaning iqtisodiy bilimlari, tahliliy fikrlash qobiliyati, chet tillarini bilish darajasi va axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.
Test va suhbat natijalaridan muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan talabalar bilan haq to‘lanadigan amaliyot bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Milliy libos chellenjini jizzaxlik hamkasblarimiz davom ettirdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.