Bitiruvchi talabalar uchun "Karyera kuni" tashkil etildi
Joriy yilning 3-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) bitiruvchi bosqich talabalari uchun "Karyera kuni" tashkil etildi. Ushbu tadbirda "Biznesni rivojlantirish banki" ATBning inson resurslarini boshqarish (HR) departamenti xodimlari ham faol ishtirok etdi.
Bank vakillari tadbirda yangi tashkil etilgan "Ish o'rganuvchilar" loyihasi doirasida sun'iy intellekt (AI), front end va back end dasturlash, iOS va Android dasturlash yo'nalishlarida o'z takliflarini taqdim etdi. Mazkur loyiha yosh mutaxassislarni bank tizimiga jalb etish, ularning bilim va ko'nikmalarini oshirish, hamda kelajakda bank uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
"Karyera kuni"da bank vakillari tomonidan taqdim etilgan loyihalarga 100 ga yaqin TATU talabalari qiziqish bildirdi va tanlovda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tdi. Tanlov natijalariga ko'ra, eng salohiyatli talabalar "Biznesni rivojlantirish banki" ATBning "Ish o'rganuvchilar" loyihasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.