Bekobodda zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi
Joriy yilning 12-iyun kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan Bekobod tumanida yangi bank xizmatlari markazi ishga tushirildi.
Bankning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tasarrufidagi mazkur bank xizmatlari markazi Bekobod tumani Istiqlol MFY Mustaqillik ko‘chasi 22-uy manzilida joylashgan.
Bino ochilish munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda bank mutasaddilari, tuman hokimligi vakillari va mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi. Unda yangi bank xizmatlari markazi Bekobod iqtisodiyotini rag‘batlantirishdagi muhim qadam, ekanligi qayd etildi.
Darhaqiqat, mazkur markaz Bekobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, aholi va tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarning bank xizmatiga bo‘lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy me’morchilik uslubida barpo etilgan bino nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki ichki qulayliklari va innovatsion texnologiyalari bilan ham diqqatga sazovor.
Binoga tashrif buyurgan mijozlar keng va yorug‘ zalda, zamonaviy jihozlangan qulay ofisda o‘zlarini yanada erkin his etadi. Qolaversa, elektron navbat va xavfsizlik tizimi, kuzatuv kameralari va zamonaviy himoya uskunalari mijozlar ishonchini yanada oshishida alohida ahamiyatga ega.
Markazda mijozlar turli bank operatsiyalari, naqd pul o‘tkazmalari, to‘lov xizmatlari, kredit va omanatlardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, investitsion loyihalar, raqamli bank xizmatlari – mobil ilova, onlayn-kassa, plastik kartalardan foydalanish hamda biznes uchun ekspress-konsultatsiyalar – moliyaviy yechimlar bo‘yicha mutaxassislardan bepul maslahatlar olishi mumkin.
Bank xizmatlari markazi
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.