Bankning 2024-2026-yillarga moʻljallangan rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentyabrdagi PQ-292-sonli qarori muvofiq “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashkil etildi va uning faoliyati ustuvor ravishda kichik biznes subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish va ularga kompleks xizmatlar koʻrsatishga qaratildi.
Bank “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini samarali amalga oshirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish boʻyicha asosiy tayanch bank etib belgilandi.
Davlatimiz rahbari tomonidan bank oldiga qoʻyilgan muhim vazifalarni bajarish maqsadida KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda bankning 2024-2026-yillarga moʻljallangan rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi.
Bugun KPMG xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan strategik sessiyada ushbu hujjatning taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda Bankning rivojlantirish strategiyasida keltirilgan tahliliy maʼlumotlar, Bank oldiga qoʻyilayotgan aniq maqsad va vazifalar bank mutaxassislari tomonidan qizgʻin muhokama qilindi. Ayniqsa, bank faoliyatini raqamlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.