Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Banklarni sanatsiya qilish va tugatish mexanizmlari belgilanmoqda

13.02.2025
2 min

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

— Bugungi kunda bank tizimini bozor mexanizmlari asosida takomillashtirish borasidagi ishlar bilan birga, ahamiyatga molik banklarda vujudga keladigan moliyaviy nobarqarorlik holatlarining bank tizimiga salbiy ta’sirining oldini olish orqali mamlakatda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish zarurati ham ortib bormoqda, —dedi deputat M.Qurbonboyev. — Shu bois Mazkur qonun loyihasi bilan banklarni sanatsiya qilish va tugatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, banklarning iqtisodiyot uchun muhim bo‘lgan vazifalari va xizmatlari uzluksizligini ta’minlash, omonatchilar hamda kreditorlar manfaatlarini himoya qilish hamda bu orqali moliya va bank tizimi barqarorligini ta’minlashda sanatsiya vositalaridan samarali foydalanishga doir huquqiy asoslar joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, loyihada Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish bo‘yicha vakolatli davlat organi sifatida belgilanmoqda, unga sanatsiya qilish bo‘yicha vakolatlar berilishi nazarda tutilyapti.  

Shuningdek, banklarni sanatsiya qilishda foydalaniladigan vositalar, sanatsiya qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar, banklarni ixtiyoriy va majburiy tugatish bo‘yicha qoidalar belgilanmoqda. Omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish, banklarning byudjet mablag‘lariga qaramligini kamaytirish, mijozlarning bank tizimiga ishonchini oshirish ko‘zda tutilmoqda.  

Muhokamalarda deputatlar bir qator savollarni o‘rtaga tashladilar va tegishli javoblar oldilar.

Manba

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.