Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi

19.02.2025
3 min

Prezident tomonidan 18-fevral kuni “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.

 Endilikda kafolatlangan omonat miqdori bir bankda bir omonatchiga 200 mln soʻmni tashkil etadi. Bu talab bankka qoʻyiladigan yangi omonatlarga nisbatan qoʻllaniladi. Agar Sizning banklarda yangi qonun kuchga kirgunga qadar qoʻygan muddatli yoki jamgʻarma omonatingiz boʻlsa, omonatlaringiz miqdoridan qatʼi nazar toʻliq kafolatlanadi.

Agarda pulingiz 200 mln soʻmdan kam miqdorni tashkil etadigan boʻlsa, unda omonatingiz toʻliq miqdorda kafolatlanadi.

Yana bir yangilik, endilikda faqat aholining emas, balki tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlarning ham omonatlari kafolatlanadi.

 Omonatlarni kafolatlash nima uchun kerak va ularni maʼlum miqdorda kafolatlashning muhim jihatlari nimalardan iborat?

Birinchidan, bu omonatchilarni himoya qilish, yaʼni bank tugatilgan taqdirda, omonatchilarga ularning mablagʻlarini qaytarish;

Ikkinchidan, bu banklarni yuqori foiz stavka bilan emas, balki barqaror faoliyat bilan raqobatlashishga undaydi.

Omonat miqdoringiz 200 mln soʻmdan oshsa, qanday kafolatlanadi?

Shuni aytish kerakki, kafolatlangan omonat miqdori 200 mln soʻmni tashkil etadi degani, bankka undan koʻproq pul qoʻyish mumkin emasligini anglatmaydi. Aksincha pullarni bankda saqlash, ularni uyda saqlashdan ancha xavfsiz va manfaatli. Omonatni bu miqdorda kafolatlash esa faqatgina bank tugatilgan taqdirdagina qoʻllaniladi, aks holda banklar omonatlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini shartnoma asosida bajaraveradi.

Kompensatsiya toʻlab berish muddatlariga toʻxtaladigan boʻlsak: yangi qonun qabul qilinguncha omonatlarni qaytarib berishni boshlash muddati 83 kunni tashkil etgan, endi esa bu muddat 20 ish kunini tashkil etadi va bosqichma-bosqich 7 ish kuniga qisqartiriladi. Bu degani Agentlik kompensatsiyani toʻlab berishni boshlashi uchun unga eng uzogʻi bilan 20 ish kuni beriladi, zarur tadbirlar amalga oshirilgan taqdirda, Agentlik ushbu muddatdan ham oldin toʻlab berishi mumkin boʻladi.

Agarda siz kompensatsiya toʻlab berish uchun belgilangan muddat ichida oʻz mablagʻlaringizni qaytarib olishga ulgurmagan boʻlsangiz ham xavotirga oʻrin qolmaydi, yaʼni oʻz pullaringizni Agentlikdan istalgan vaqtda qaytarib olishingiz mumkin boʻladi.

manba Markaziy bank

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.