Bankimiz yoshlari Sber Universitetida malaka oshirdi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB oʻz yosh kadrlarining professional oʻsishiga katta eʼtibor qaratadi. Shu maqsadda, bankning eng faol va iqtidorli yosh mutaxassislari Rossiyaning nufuzli Sber Universitetida malaka oshirdi.
Joriy yilning 16–18-iyun kunlari boʻlib oʻtgan "Lider novoy biznes-realnosti" dasturida ishtirok etgan yoshlar Agile metodologiyasi va uni amaliyotga tatbiq etish, Scrum, Kanban, Cynefin kabi zamonaviy yondashuvlar, loyihadan mahsulotga oʻtish jarayonlarini boshqarish, yetakchilik uslublari va transformatsiya boʻyicha chuqur bilim va koʻnikmalarga ega boʻldi.
Uch kunlik intensiv dastur davomida tinglovchilar oʻzgarishlarni boshqarish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda jamoani samarali boshqarish boʻyicha yangi bilim va koʻnikmalarni egalladilar. Ular, shuningdek, Sber Universitetining yetakchi ekspertlari va amaliyotchilari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ham ega boʻldilar.
“Biznesni rivojlantirish banki” kelgusida ham yosh kadrlarning malakasini oshirish va ularning professional oʻsishiga investitsiya kiritishda davom etadi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Milliy libos chellenjini jizzaxlik hamkasblarimiz davom ettirdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.