Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bankimiz yordamchi agentlari – tanlovda  yetakchi!

17.11.2025
3 min

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan eʼlon qilingan “Eng yaxshi yordamchi-agent” tanlovi oʻzining qizgʻin pallasiga kirdi. Tanlov 4 bosqichda oʻtkazilmoqda va har bir bosqich uchun alohida shartlar belgilangan. Xususan, dastlabki – saralash bosqichida respublikamizdagi 9008 ta mahallalarda faoliyat koʻrsatayotgan 624 nafar, yaʼni jami 208 ta tuman va shaharlarning har biridan 3 tadan Yordamchi-agent saralab olingan edi.

Eʼtiborlisi, ilk bosqichda “Biznesni rivojlantirish banki”da faoliyat koʻrsatayotgan 614 nafar yordamchi-agentlardan 374 nafari yoki 61 foizi ishtirok etib, oʻziga xos faollik koʻrsatishdi. Zero ilk bosqich natijalariga koʻra, 37 ta tumandagi  bankning 54 nafari yordamchi-agentlari 2-bosqichga oʻtdi.

Xususan, dastlabki saralash bosqichida Yangiyoʻl shahri va Kogon tumanidan tanlangan nomzodlarning 3 tadan 3 tasi ham “Biznesni rivojlantirish banki” yordamchi-agentlari boʻlgan boʻlsa, Andijon shahri, Qoʻrgʻontepa tumani, Xoʻjaobod tumani, Buxoro shahri, Buxoro tumani, Kogon shahri, Yangiobod tumani, Navoiy shahri, Konimex tumani, Kattaqoʻrgʻon shahri, Ohangaron shahri, Yangiyoʻl tumani va Boʻstonliq tumanidan tanlangan nomzodlarning 3 tadan 2 tasi “Biznesni rivojlantirish banki” vakillari boʻlishdi.

2 - tuman (shahar) bosqichida esa, saralab olingan jami 624 nafar yordamchi agentlar belgilangan mavzular boʻyicha targʻibot ishlarini tashkillashtirib, keyingi bosqichga yoʻllanma olish uchun bellashdi hamda respublika boʻyicha 208 ta tuman(shahar)ning har biridan 1 nafardan gʻolib, jami 208 nafar yordamchi-agent tanlab olindi.

Shu kunlarda tanlovning uchinchi – viloyat bosqichi ham muvaffaqiyatli oʻtkazildi. “Biznesni rivojlantirish banki” sharafini ushbu bosqichda jami 21 nafar yordamchi agent himoya qildi.

Quvonarlisi, ushbu bosqich yakunlariga koʻra, Andijon, Toshkent viloyatlarida birinchi va ikkinchi oʻrinlar; Fargʻona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida birinchi oʻrin, Buxoro viloyatida ikkinchi va Samarqand viloyatida toʻrtinchi oʻrinlarni aynan “Biznesni rivojlantirish banki” yordamchi-agentlari zabt etishdi. Shu tariqa ilk bor tashkil etilaayotgan ushbu nufuzli tanlovining Respublika bosqichida jami 11 nafar vakil bank nomidan ishtirok etishadi.

Hozirda respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan yordamchi agentlar tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Bank axborot xizmati

 

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.