Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bankimiz xodimlari yugurish marafonida ishtirok etdi

13.04.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB xodimlari sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va sportga boʻlgan sadoqatini namoyish etish maqsadida VII Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etdi.

13-aprel kuni boʻlib oʻtgan ushbu yirik sport tadbirida bank xodimlari faol qatnashib, jamoaviy ruhni va sogʻlom raqobat muhitini yaratishga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Ushbu marafon “Biznesni rivojlantirish banki” ATB xodimlari uchun nafaqat sport musobaqasi, balki jamoaviy ruh va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maydoniga aylandi. Xodimlarimiz marafon yoʻlaklarida oʻzlarining jismoniy imkoniyatlarini sinab koʻrish bilan birga, sportga boʻlgan cheksiz mehrlarini ham namoyish etdilar.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB oʻz xodimlarining jismoniy va ruhiy salomatligiga gʻamxoʻrlik qilishni oʻzining ustuvor vazifalaridan biri deb biladi. Shu bois, bank xodimlarini sport tadbirlarida ishtirok etishga doimo ragʻbatlantirib keladi.

Marafon ishtirokchilari sportga boʻlgan mehrlarini namoyish etish bilan birga, bankning ijobiy imidjini shakllantirishga ham xizmat qildilar.

Marafon - bu bizning jamoamizning birligi, sogʻlom hayotga intilishi va har qanday qiyinchilikni yengib oʻtishga tayyorligining yorqin isbotidir!

 

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.