Bankimiz xodimlari "MEN DONORMAN" aksiyasida ishtirok etdi
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB xodimlari insonparvarlik ruhini namoyon etib, "MEN DONORMAN" xayriya aksiyasida faol ishtirok etdilar.
Joriy yil 22-aprel kuni bankning bosh ofisida "MEN DONORMAN" shiori ostida xayriya aksiyasi bo'lib o'tdi. Bank xodimlari ushbu muhim tadbirga o'z hissasini qo'shish uchun birlashdilar va Respublika qon quyish markazi tibbiy xodimlari nazorati ostida ko'ngilli ravishda qon topshirdilar.
Bank xodimlari shu orqali og'ir xastalik bilan kurashayotgan insonlarga yordam berishdi.
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB inson hayotini saqlab qolishga qaratilgan bunday xayrli tashabbuslarni doimo qo'llab-quvvatlaydi va xodimlarini faol ishtirok etishga chaqiradi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.