Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bankimiz xodimining farzandi – “Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibi

05.04.2025
2 min

Joriy yilning 24-25-mart kunlari Andijon viloyatida “Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasidagi respublika bosqichi o‘tkazildi. Ushbu tanlovda "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Komplaens nazorat yetakchi menejeri Feruz Bo‘ronovning qizi Dilbar Haydarova g‘olib bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Dilbar Haydarova Toshkent shahri M.Ulug‘bek tumani Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o’quvchisi.  

Yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-2025-yilgi mavsum g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tdi.

Yana bir ahamiyat qaratrilishi lozim bo‘lgan jihat shuki, ushbu mavsumning barcha yosh toifada qizlar g‘olib bo‘ldi. Bu esa mamlakatimizda qizlarga berilayotgan e’tibor, ularning bilimga chanqoqligi va kitobga bo‘lgan qiziqishi qanchalik ortganligining belgisidir.

Tantanali marosimda “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-2025-yilgi mavsum g‘oliblari Prezident sovg‘asi – BYD Chazor elektromobili bilan taqdirlandi.

Dilbarning muvaffaqiyati – avvalo, oiladagi muhit va unga berilgan ta’lim-tarbiya, mehr va e’tibor, o‘qituvchilarining sa’y-harakatlari va, albatta, Dilbardagi o‘ziga xos iqtidorning samarasidir.

"Biznesni rivojlantirish banki" jamoasi hamkasbimiz Feruz Bo'ronovni farzandining yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.