Bankimiz jamoasi “Cyberkent 3.0” musobaqasida munosib ishtirok etdi
Joriy yilning 7-8 oktabr kunlari “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tashabbusi bilan “Cyber Security Summit – CSS 2025” sammiti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sammit doirasida mamlakatimizdagi muhim axborot infratuzilmasi, biznes subyektlari kiberxavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, raqamli dunyoda kiberxavfsizlikning dolzarbligi, sohaga oid zamonaviy yechimlar va strategiyalar yuzasidan fikr almashildi.
Sammit doirasida o'tkazilgan “Cyberkent 3.0” musobaqasining “Blue Team” – ya’ni himoyachi jamoalar yo‘nalishida respublika bo‘yicha jami 83 ta jamoa final bosqichiga chiqish uchun bellashdi.
Faxr bilan aytish mumkinki, ushbu nufuzli musobaqada bankimiz vakillari – Ismoilbek Mamajanov, Farhod Turg‘unboyev, Akram Axmedov, Bobur Xamzakulov va Mirkomil Abduraimovlardan iborat “BeSecure” jamoasi ishtirok etib, saralangan eng yaxshi 10 ta jamoa qatoriga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Final bosqichida ham ular yuqori faollik va professionallik namunasini ko‘rsatdilar.
Kiberxavfsizlik – bugungi kunda har bir tashkilot uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib, ushbu sohaning yuksalishida bilimli va fidokor mutaxassislarimizning o‘rni beqiyosdir.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.