Raqamlashtirish jarayonlari haqida axborot berildi
“Biznesni rivojlantirish banki”da 174 ta jarayonning 104 tasi toʻliq raqamlashtirilgan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida oʻtkazilgan brifingda bank Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov xabar berdi.
Brifingda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB yaqin kelajakda oʻz oldiga mamlakatdagi eng ilgʻor zamonaviy innovatsion bank boʻlishni maqsad qilib qoʻygani taʼkidlandi.
Bankning 2024-2026-yillarga moʻljallangan Strategiyasida belgilangan 250 ta tashabbusning qariyb 72 tasi bevosita axborot texnologiyalari va raqamlashtirishga doir tashabbuslar hisoblanadi.
Bankda jismoniy shaxslar uchun, yaʼni chakana bank xizmatlari boʻyicha jami 53 ta jarayon mavjud boʻlib, ulardan 44 tasi raqamlashtirilgan. Bu yoʻnalishdagi raqamlashtirish darajasi 83 foizni tashkil qiladi.
Ayni vaqtda yuridik shaxslar uchun, yaʼni korporativ bank xizmatlari boʻyicha mavjud 40 ta jarayonni raqamlashtirish boʻyicha faol chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
"Biznesni rivojlantirish banki"dagi ichki jarayonlar boʻyicha 44 ta jarayonning 27 tasi raqamlashtirilgan. Bu esa 61 foiz raqamlashtirish darajasini koʻrsatmoqda.
Shuningdek, Bank xizmatlari ofislari va Bank xizmatlari markazlari yoʻnalishlarida jami 37 ta jarayon mavjud boʻlib, ulardan 20 tasi raqamlashtirilgan.
Oʻtgan davrda “Sbertex” misolida bankning “BRB-Tech” IT-markazi tashkil etildi. Xalqaro standartlarga mos kredit konveyeri – anderrayting, skoring tizimlari yaratildi.
Yangi brendga mos ravishda “Biznesni rivojlantirish banki”ning mobil ilovasi rebrending qilindi. Hozirda 490 mingdan ortiq jismoniy shaxslar bank mobil ilovasining foydalanuvchilari hisoblanadi.
“Mening uyim”, “Mening avtomobilim”, onlayn ipoteka, onlayn avtokredit, onlayn talaba krediti kabi masofaviy xizmatlar joriy qilinishi mijozlarning vaqtini tejashga va qoʻshimcha qulayliklar yaratishga xizmat qilmoqda.
Bir soʻz bilan aytganda, “Biznesni rivojlantirish banki” raqamlashtirish, zamonaviy va qulay onlayn xizmatlarni joriy etish orqali kuchli raqobat muhitiga ega Oʻzbekiston moliya bozorida mustahkam oʻrin egallashga intilmoqda.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.