Bankda ma’naviy tadbir o‘tkazildi
Biznesni rivojlantirish bankida “Jaholatga qarshi ma’rifat: jamiyatimizda yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaslik” mavzusida ma’naviy tadbir o‘tkazildi.
Unda bosh bank tuzilmalari xodimlari bevosita va barcha hududiy tuzilmalar xodimlari videokonfrens-aloqa orqali masofadan ishtirok etdi.
Tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi maslahatchisi Ilxom Maʼrupov jamiyatimizda buzg‘unchi yot g‘oyalarga ergashmaslik, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga urinayotganlar tuzog‘iga ilinmaslik, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaslik boʻyicha ma’ruza qildi.
Bugungi va tarixiy ulamolarimiz hayotida ro‘y bergan diniy qarama-qarshiliklar, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanish va uning salbiy oqibatlari haqida ma'lumotlar berdi.
Shuningdek, yurtimiz va xorijda roʻy bergan diniy va dunyoviy voqeliklar batafsil tahliliy tarzda tushuntirildi.
Yurtimizda hukmron boʻlgan tinchlikni qadriga yetish va uni saqlash har bir davlat xizmatchisining, har bir fuqaroning muhim vazifasi ekanligi qayd etildi.
Ma’naviy tadbir yakunida bank xodimlari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Din ishlari boʻyicha qoʻmita vakilidan javoblar oldi va mazmunli ma'ruza uchun unga minnatdorlik bildirdi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Korrupsiyaga nisbatan “mutlaq murosasizlik” shakllanmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.