Bank xodimlari umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi
Joriy yilning 22–23-avgust kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari "Biznesni rivojlantirish banki" ATB jamoasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Bank xodimlari ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etib, o‘zlarining ish joylari, shuningdek, yashash hududlaridagi atrof-muhitni obodonlashtirish va tozalikka rioya qilish ishlariga bevosita hissa qo‘shdilar.
Hashar davomida daraxtlar oqlandi, gul ko‘chatlari ekildi, ariqlar tozalandi va chiqindilar olib tashlandi.
Ushbu umumxalq xayriya hashari nafaqat atrof-muhitni tozalash va obodonlashtirish, balki jamoani birlashtirish, hamjihatlikni mustahkamlash va Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishdek olijanob maqsadlarni ham o‘z ichiga olganligi bilan ham alohida ahamiyatga ega.
Bizning umumiy maqsadimiz – toza va obod Vatanda yashash!
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.