Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bank xodimlari “Milliy libos – millat iftixori” chellenjida ishtirok etdi

06.03.2025
2 min

"Biznesni rivojlantirish banki"da milliy anʼanalarni qadrlash va ulug‘lash maqsadida “Milliy libos – millat iftixori” chellenji o‘tkazildi.

Milliy libos – millat iftixori va qadriyatlar timsoli. Darhaqiqat, milliy liboslar – xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va an’analarining ifodasi, ajdodlarimiz didi va estetik qarashlarining yorqin aksidir. Ular nafaqat tashqi ko‘rinish, balki milliy ruh va o‘ziga xoslik timsoli hamdir.

Bugungi kunda xalqimiz orasida milliy liboslarga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularning jozibasini keng targ‘ib etish tobora ommalashib boqmoqda.  

"Biznesni rivojlantirish banki" yigit-qizlari milliy liboslarni kiyish orqali qadriyatlarimizni saqlash, o‘z merosimizni avaylash va yigit-qizlar qalbida milliy g‘ururni shakllantirishga munosib hissa qo‘shdi. Bu ezgu harakat milliy o‘zlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Bizning milliy liboslarimiz nafaqat ko‘rkam va betakror, balki xalqimizning tarixi va qadriyatlarini o‘zida aks ettiradi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.