Bank xodimlari fotoko‘rgazma bilan tanishdi
"Biznesni rivojlantirish banki" markaziy idorasining bir guruh xodimlari Toshkent Fotosuratlar uyida namoyish etilayotgan "Yurakka ko‘milar asl shoirlar" fotoko‘rgazmasi bilan tanishdi.
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan ochilgan fotoko‘rgazma ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otdi.
Tanishuv davomida bank xodimlari shoirning rafiqasi, taniqli shoira Nazira as-Salom va fotoko‘rgazma muallifi Abdug‘ani Juma bilan maroqli suhbat qurdilar.
Mazkur badiiy fotoko‘rgazmada tomoshabinlar e’tiboriga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, fotorassom Abdug‘ani Jumaning 70 ta fotoasari taqdim etilmoqda. Unda an’anaviy fotosuratlardan farqli o‘laroq, alohida va guruhli portretlar, fotomontaj tarzidagi turkum fotoportretlar hamda shoirning ijodiy hayotidan ba’zi voqeliklarni ko‘rsatuvchi fotolavhalar o‘rin olgan.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.