Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bank va universitet o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

21.05.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu kelishuv ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, axborot texnologiyalari va moliyaviy texnologiyalar (fintex) sohasida taʼlim, ilmiy tadqiqotlar hamda tajriba almashishni nazarda tutadi.

Bunda quyidagilar hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

-bank sohasiga yoʻnaltirilgan qoʻshma taʼlim dasturlari va kurslarini yaratish;

-talabalar uchun stajirovka va amaliyotlar tashkil etish;

-TATU bitiruvchilari uchun ish oʻrinlari haqida maʼlumot almashish;

-ilmiy loyihalar, startaplar va grant tanlovlarida birgalikda ishtirok etish;

-IT va fintex sohalarida umumiy laboratoriyalar va tadqiqot maydonlarini tashkil etish.

Ushbu hamkorlik memorandumi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi rahbariyatining taʼlim va amaliyotni yanada integratsiya qilish, raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishidagi muhim qadamlaridan biri bo‘ldi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.