Bank tomonidan 61 mlrd 400 mln soʻmlik faktoring xizmatlari koʻrsatildi
Bu haqda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi.
Xususan, qurilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga 20 mlrd. 200 mln. soʻmlik, qishloq xoʻjaligi sohasiga 7 mlrd. soʻmlik, tekstil sohasiga 3 mlrd. 500 mln. soʻmlik, boshqa sohalarga 30 mlrd. 700 mln. soʻmlik faktoring xizmati koʻrsatilgan.
Shuningdek, brifingda bank tomonidan joriy etilgan faktoring xizmatlarining shartlari haqida batafsil axborot berildi.
Qayd etilganidek, “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan tadbirkorlik subyektlariga “REGULAR FACTORING” va “REVERSE FACTORING” xizmatlari taklif etilmoqda.
Faktoring xizmatlari qurilish, tekstil, parrandachilik, ulgurji savdo va boshqa turli soha vakillariga koʻrsatilib kelinmoqda.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.