Bank ta’sischiligida mikromoliya kompaniyasi tashkil etildi
Poytaxtimizda “Biznesni Rivojlantirish Banki” ATB ta’sischiligida tashkil etilgan mikromoliya tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda bank Boshqaruvi a’zolari, tadbirkorlar, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.
Ochilish marisimida so‘zga chiqqanlar bank tizimida amalga oshirilayotgan yangilanishlar xizmatlar ko‘lami va sifatini zamon talablari asosida muntazam yaxshilab borishga zamin hozirlayotganini taʼkidlashdi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PQ-364-sonli “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining o‘rni va ulushini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida tijorat banklariga respublikada mikromoliya xizmatlarini kengaytirish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash hamda mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlariga, shuningdek jismoniy shaxslarga va rasmiy daromadiga ega bo‘lmagan aholi qatlamiga mikromoliya xizmatlari ko‘rsatish maqsadida “Biznesni Rivojlantirish Banki” ATB ta’sischiligida mikromoliya kompaniyasi tashkil etildi.
Tashkilot yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar hamda barcha turdagi kichik biznes subyektlari uchun mikromoliya xizmatlari ko‘rsatishni maqsad qilgan.
Bu jarayonda jismoniy shaxslar ham o‘z biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq qilish uchun moliyaviy ko‘mak olish orqali bevosita ishtirok etishlari mumkin. E’tiborlisi, tadbirkorlar uchun 100 mln. so‘mgacha mikrokreditlar garovsiz taqdim etiladi, 300 mln. so‘mgacha esa, ta’minot asosida mikroqarzlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etildiki, Markaziy bank boshqaruvining 2025-уil 7-fevraldagi qaroriga muvofiq –“BIZNESNI RIVOJLANTIRISH MIKROMOLIYA TASHKILOTI” mas’uliyati cheklangan jamiyati №127-sоn bilan mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar rеуеstrigа kiritish vositasida hisob rо‘ухаtidаn o‘tkazildi.
Qatnashchilar tashkilotda yaratilgan shart-sharoit va taklif etilayotgan xizmatlar bilan bevosita tanishdilar.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.