Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Ommaviy tadbirlar

Bank rahbariyati qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

12.02.2026
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Boboxon Bobojonov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Qonliko‘l tumanlarida mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l va Beruniy tumanlarida Biznesni rivojlantirish banki rahbariyati, mahalliy hokimliklar hamda tadbirkorlar ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirlar hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy faollikni oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.

Uchrashuvlarda Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari B.Bobojonov, bankning hududiy tarmoqlari rahbarlari hamda Qonliko‘l va Beruniy tumanlarining hokim o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirlar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida, xususan, og‘ir hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yangicha yondashuvlar, kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ochiq muloqotlar chog‘ida tadbirkorlar tomonidan mavjud muammo va takliflar bildirilib, ularni bartaraf etish yuzasidan bank va mahalliy hokimlik mutasaddilari tomonidan tegishli tushuntirishlar hamda amaliy takliflar berildi. Ayrim masalalar bo‘yicha manzilli yondashuv asosida ishlash zarurligi ta’kidlandi.

Tadbirlar ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, hududlarda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, biznes tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda bank–tadbirkorlar hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.