Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bank Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

26.11.2025
3 min

Joriy yilning 25-noyabr kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash a’zolari bank faoliyati bilan bevosita tanishish maqsadida bankka tashrif buyurib, kun tartibiga kiritilgan masalalarni atroflicha muhokama qildi.

A group of men in suits stand in a formal setting with wood-paneled walls, a chandelier, and a flag.Kun tartibidagi eng muhim masalalardan biri — Osiyo Taraqqiyot Banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini tasdiqlash bo‘ldi. Mazkur yo‘l xarita bank boshqaruv tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda boshqaruv jarayonlarining shaffofligini oshirish, risklarni samarali boshqarish, bank faoliyatini strategik rejalashtirishni kuchaytirish, ichki nazorat va audit tizimlarini takomillashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.

Yo‘l xaritasining amalga oshirilishi natijasida bankning institutsional salohiyati yanada mustahkamlanishi, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik yanada samarali yo‘lga qo‘yilishi, investorlar ishonchi oshishi hamda mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati yaxshilanishi kutilmoqda.

Yig‘ilish doirasida, shuningdek, Biznesni rivojlantirish bankining 2025-yil 3-chorakdagi asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar ham muhokama qilindi. Kengash a’zolari bankning o‘sish dinamikasi, moliyaviy barqarorligi va amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini alohida e’tirof etib, belgilangan rejalarning izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

Mazkur yig‘ilish bankning barqaror transformatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish va kelgusidagi strategik maqsadlarni aniq belgilab olishda muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.