Bank faoliyatining 9 oylik natijalari haqida axborot berildi
Joriy yilning 16-oktabr kuni Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2025-yil 9 oylik faoliyati natijalari” mavzusida brifing boʻlib oʻtdi.
Unda bank Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomidagi bank faoliyati amaliy natijalari haqida axborot berdi.
Xususan, 2025-yilning 1-oktabr holatiga Biznesni rivojlantirish bankining umumiy kapitali 5 trln 153 mlrd 321 mln soʻmni tashkil etdi. Bank kapitali 857 mlrd 869 mln soʻmga yoki 20 foizga oʻsdi.
Bankning jami aktivlari 36 trln 185 mlrd 369 mln soʻmga yetdi. Mazkur koʻrsatkich yil boshiga nisbatan 4 trln 51 mlrd 971 mln soʻmga oshdi. Bu 13 foizga oʻsishni anglatadi.
“Biznesni rivojlantirish banki”ning daromad keltiruvchi aktivlari 30 trln 483 mlrd 783 mln soʻmga yetdi. Bankning daromad keltiruvchi aktivlari yil boshiga nisbatan 3 trln 681 mlrd 668 mln soʻmga oshdi yoki 13,7 foizga oʻsish kuzatildi. Shuningdek, ushbu aktivlarning bank jami aktivlaridagi ulushi 84,2 foizga yetdi.
Bankdagi banklararo depozitlari qoldigʻi 4 trln 337 mlrd 234 mln soʻmga yetdi. Bu koʻrsatkich bo‘yicha yil boshiga nisbatan 951 mlrd 906 mln soʻmga oshib, 28,1 foiz oʻsishga erishilgan.
2025-yilning 1-oktabr holatiga, “Biznesni rivojlantirish banki”ning kredit qoʻyilmalari 23 trln 736 mlrd 892 mln soʻmga yetdi. Bu borada oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 trln 210 mlrd 261 mln soʻmga yoki 5,4 foizga oʻsishga erishilgan.
Bankdagi depozit baza esa 13 trln 720 mlrd 292 mln soʻmni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 2 trln 995 mlrd 408 mln soʻmga oshdi. Bu 27,5 foizga oʻsish demakdir.
Bugungi kunda bankning jami mijozlari soni 1 mln 848 ming 084 tadan oshdi. Shundan, jismoniy shaxslar 1 mln. 753 ming 196 nafar, yuridik shaxs maqomidagi mijozlar soni esa 94 888 ta.
“Biznesni rivojlantirish banki”ga respublika boʻyicha 614 ta mahalla biriktirilgan boʻlib, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida mazkur mahallalarda jami 188 ming 31 nafar aholi daromadli mehnat bilan taʼminlandi. Reja koʻrsatkichlari 115 foizga bajarildi. Shundan 72 ming 300 nafari doimiy ishga joylashtirildi va 115 ming 731 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.
Mazkur moliya muassasasi tomonidan oʻtgan davrda “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 4 952 nafar tadbirkorga 542 mlrd soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi.
“Xotin-qizlar tadbirkorligini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror asosida “Hamroh” platformasi orqali 797 nafar ayol tadbirkorga 102,7 mlrd soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi.
“Biznesni rivojlantirish banki” 5 762 nafar fuqaroga 1 trln 569 mlrd soʻmlik ipoteka kreditlari ajratdi.
Shu jumladan, 2 416 nafar fuqaroga 719,9 mlrd soʻmlik ipoteka kreditlari subsidiya toʻlovlari asosida ajratildi. Qayd etish kerakki, bank tomonidan oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 277 foizga yoki 1 trln soʻmga koʻp ipoteka kreditlari ajratilgan.
Umuman olganda “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan 2025-yilda 7 trln 196 mlrd soʻm kredit ajratildi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Diqqat, brifing!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.