Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bank faoliyatining 2025-yil oʻtgan davridagi amaliy natijalari haqida ma'lumot berildi

21.07.2025
5 min

Joriy yilning 21-iyul kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Axborot xizmati rahbari Sh.Oripov ishtirokida brifing bo'lib o'tdi.

Brifingda bankning 2025-yil o‘tgan davridagi faoliyati amaliy natijalari haqida axborot berildi.

Xususan, 2025-yilning 1-iyul holatiga Biznesni rivojlantirish bankining umumiy kapitali 5 trln 86 mlrd 339 mln soʻmni tashkil etdi. Bank kapitali 790 mlrd 888 mln soʻmga yoki 18,4 foizga oʻsgan, jami aktivlari esa 35 trln 654 mlrd 454 mln soʻmga yetdi.

Jami aktivlar yil boshiga nisbatan 3 trln 521 mlrd 56 mln soʻmga oshdi. Bu 11 foizga oʻsishni anglatadi. Biznesni rivojlantirish bankining daromad keltiruvchi aktivlari  30 trln 75 mlrd 570 mln soʻmga yetdi.

Bankning daromad keltiruvchi aktivlari yil boshiga nisbatan 3 trln 273 mlrd 455 mln soʻmga oshdi yoki 12,2 foizga oʻsish kuzatildi.     

Daromad keltiruvchi aktivlarning bank jami aktivlaridagi ulushi 84,4 foizga oʻsgan. Bankdagi banklararo depozitlari qoldigʻi 4 trln 615 mlrd 916 mln soʻmga yetdi. Bu koʻrsatkich yil boshiga nisbatan 1 trln 230 mlrd 589 mln soʻmga oshdi. Yoki 36,4 foiz oʻsishga erishilgan.

2025-yilning 1-iyul holatiga, Biznesni rivojlantirish bankining kredit qoʻyilmalari 23 trln 447 mlrd 298 mln soʻmga yetdi. Bu borada oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 trln 375 mlrd 773 mln soʻmga yoki 11,3 foizga oʻsishga erishilgan.

Bankdagi  depozit baza 13 trln 617 mlrd 849 mln soʻmni tashkil etdi.  Yil boshiga nisbatan 2 trln 852 mlrd 965 mln soʻmga oshdi. Bu 26,7 foizga oʻsish demakdir.

  • Bankimizning jami mijozlari soni 1 mln 793 ming 878 tadan oshdi. Xususan:

    • jismoniy mijozlar soni 1 mln 700 ming 723 ta;

    • yuridik shaxs maqomidagi mijozlar soni 93 155 ta.

  • Bankimizdagi xizmat koʻrsatish ofislari soni Bosh amaliyotlar boshqarmasi bilan birgalikda 60 ta;

    • Xalqaro pul oʻtkazmalari shahobchalari soni esa 154 ta;

    • Valyuta ayirboshlash shoxobchalari soni - 196;

    • 24/7 shoxobchalari soni - 320 ta.

Bank tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ajratilayotgan kreditlar salmog‘i ham ortib bormoqda. 2025-yilning  oʻtgan 6 oyi davomida “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 1 909 nafar tadbirkorga 213,6 mlrd soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi.

Bankka respublika boʻyicha 653 ta mahalla biriktirilgan. 2025-yilning 6 oyi davomida mazkur mahallalarda jami 734,8 mlrd soʻm kredit ajratilib, 138,5 ming nafar aholi bandligi taʼminlandi.

Shundan 50,5 ming nafari doimiy ishga joylashtirildi va 88 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.

Xususan, “Sayxunobod tajribasi” asosida xonadonbay ishlash tizimi orqali har bir mahalladagi xonadonlarga jami 135,6 mlrd soʻmlik 4 992 ta moliyaviy paketlar yetkazib berildi hamda 15 ming 104 ta mikroloyihalar amalga oshirilib, 363,0 mlrd soʻm kredit ajratildi. Natijada 30 952 nafar aholi bandligi taʼminlandi.

“Uychi tajribasi” asosida 684 ta uchrashuvlar oʻtkazilib, 2 992 ta murojaatlar koʻrib chiqildi va hal qilindi. Buning natijasida 3 804 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

“Xotin-qizlar tadbirkorligini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror asosida “Hamroh” platformasi orqali 385 nafar ayol tadbirkorga 52,2 mlrd soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi.

Umuman olganda “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan 2025-yilda 4 trln 782 mlrd soʻm kredit ajratildi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.