Bank Boshqaruvi raisining bayram tabrigi
Assalomu alaykum, aziz opa-singillar!
“Biznesni rivojlantirish banki” Boshqaruvi va o‘z nomimdan barchangizni 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklayman.
Bugun bankimiz tizimida respublika bo‘yicha 1041 nafar xotin-qiz faoliyat yuritmoqda. Erishayotgan kattadir-kichikdir har bir moliyaviy natijalarda, yutuqlarimizda, shubhasiz, Siz - opa-singillarimizning beqiyos hissangiz bor!
Bankimizda tashkil etilgan “Nafis ayollar klubi”, Ayollar kengashi va boshqa qator loyihalar orqali ayollarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga intilmoqdamiz. Bu boradagi ishlar ko‘lamini kelajakda yanada kengaytirish niyatidamiz.
Fursatdan foydalanib yana bir bor qutlab, har biringizga fidoyiligingiz, halolligingiz, ishga professional yondoshuvingiz uchun alohida minnatdorchilik bildiraman.
Barchangizga baxt-saodat, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!
Hurmat va ehtirom bilan,
Saxi Annaklichev,
Boshqaruv raisi
Barcha yangiliklar
Hududlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlari faol davom etmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.