Bank Boshqaruvi raisining 2025-yil yakunlari bo‘yicha axboroti
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi v.v.b. Shaxzod Yusupovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi toʻgʻrisida axboroti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi holati boʻyicha keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida, navbatdagi axborot taqdim qilinmoqda.
Biznesni rivojlantirish banki tomonidan 2025-yilning yanvar-dekabr oylari davomida 348 ta topshiriq, xususan:
Farmonlar bilan berilgan 86 ta;
Qarorlar bilan berilgan 190 ta;
Farmoyishlar bilan berilgan 5 ta;
Bayonlar bilan berilgan 67 ta topshiriq ijrosi tegishli tashkilotlar hamkorligida taʼminlandi.
Shundan, 2025-yilning IV choragida 149 ta (farmonlar bilan berilgan 62 ta, qarorlar bilan berilgan 65 ta, bayonlar bilan berilgan 22 ta) topshiriq ijrosi taʼminlandi.
Shuningdek, Bank tomonidan 2025-yilning yanvar-dekabr oylari davomida Hukumat hujjatlariga asosan 33 ta shundan, 2025-yilning IV choragida 6 ta topshiriq ijrosi taʼminlandi.
Mazkur maʼlumotlar bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.
Bank Boshqaruvi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi qatʼiy nazoratga olingan.
Barcha yangiliklar
Hududlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlari faol davom etmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.