Bank Boshqaruvi raisi axboroti
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichevning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi toʻgʻrisida axboroti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash va qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi holati boʻyicha keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida, quyidagi axborot taqdim qilinmoqda.
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB tomonidan mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash doirasida 2025-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida 199 ta topshiriq, xususan:
Farmonlar bilan berilgan 24 ta;
Qarorlar bilan berilgan 125 ta;
Farmoyishlar bilan berilgan 5 ta;
Bayonlar bilan berilgan 45 ta topshiriq ijrosi tegishli tashkilotlar hamkorligida taʼminlandi.
Shundan, joriy yilning III choragida 69 ta (farmonlar bilan berilgan 10 ta, qarorlar bilan berilgan 40 ta, bayonlar bilan berilgan 19 ta) topshiriq ijrosi taʼminlandi.
Shuningdek, Bank tomonidan 2025-yilning yanvar-sentabr oylari davomida Hukumat hujjatlari bilan berilgan 27 ta shundan, joriy yilning III choragida 20 ta topshiriq ijrosi taʼminlandi.
Mazkur maʼlumotlar bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.
Bank Boshqaruvi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi ijrosi qatʼiy nazoratga olingan.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.