Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish lozim?

26.10.2026
•
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBtomonidan xodimlar va mijozlar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bankning Sergeli bank xizmatlari markazi binosida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik boʻyicha amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Ushbu chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 754-son va 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarorlari hamda Fuqaro muhofazasi boshligʻining tegishli buyrugʻi talablari ijrosini taʼminlash maqsadida bank Boshqaruvi raisining 2026-yil 13-oktabrdagi 439-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi ana shunday amaliy mashg‘ulot “Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi” mavzusida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Sergeli bank xizmatlari markazi binosida tashkil etildi.

Bank xodimlari va mijozlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida o‘tkazilgan mashgʻulot favqulodda vaziyat haqida xavf signali e’lon qilinishi bilan boshlandi. Belgilangan xavfsizlik va evakuatsiya qoidalariga muvofiq, bank xodimlari va tashrif buyuruvchilar zudlik bilan va tartibli ravishda xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.

  • Tadbir davomida quyidagi yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratildi:

    • Yongʻin sodir boʻlganda toʻgʻri va tezkor harakat qilish hamda tegishli xizmatlarga xabar berish;

    • Birinchilamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan samarali foydalanish;

    • Favqulodda holatlarda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish koʻnikmalarini amalda sinovdan oʻtkazish.

Ushbu amaliy mashgʻulot Toshkent shahar FVBB Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va kommunal xizmat tashkilotlari mutaxassislari hamda tez tibbiy yordam koʻrsatish brigadalari bilan hamkorlikda yuqori saviyada tashkil etildi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish va inson xavfsizligini taʼminlash eng muhim mezonlardan biridir.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.