Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

O‘zbek tili bayramida “Ommaviy diktant” g‘oliblari taqdirlandi

21.10.2026
•
2 min

Mamlakatimizda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Boshqaruv Raisi maslahatchisi M.Jumagaldiyev so‘zga chiqib, o‘zbek tilining jamiyatimiz hayotidagi, jumladan, zamonaviy bank-moliya sohasida tutgan o‘rni va yuksak nufuzi haqida alohida to‘xtaldi. Shuningdek, davlat tilining rivojlanishi va mustahkamlanib borishi borasidagi tarixiy bosqichlarni yodga oldi.

Boshqaruv raisining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Muhammadiyev esa bank tizimida davlat tilida ish yuritish madaniyatini yanada yuksaltirish, rasmiy hujjatlar almashinuvida o‘zbek adabiy tili me’yorlariga qat’iy rioya etish muhimligini ta’kidladi. Bank tomonidan xodimlarning savodxonlik darajasi va ma’naviy dunyoqarashini boyitishga qaratilgan amaliy tashabbuslar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Tadbirning eng hayajonli qismida yosh xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Ommaviy diktant” loyihasi natijalari e’lon qilindi. Yuqori savodxonlik va bilimdonlik ko‘rsatgan g‘oliblarga Boshqaruv raisi nomidan faxriy diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Ommaviy diktant” loyihasi g‘oliblari:

🥇 1-o‘rin – Asilbek Abduraimov; 🥈 2-o‘rin – Gulshoda Rafiqova, Nosirjon Nurmatov;

🥉 3-o‘rin – Saidakbar Qahhorov, Oybek Omonov, Shahruz Isoqulov.

G‘oliblarni samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi faoliyatida zafarlar tilaymiz!

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.