Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Bog‘ot va Xiva tumanlarida yangi bank xizmatlari markazlari ish boshladi

22.10.2026
•
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning republikamiz turli hududlarida moliyaviy xizmatlar qamrovi kengaymoqda. Xususan, 2026-yil 20 va 21-oktabr kunlari Xorazm viloyatining Bog‘ot va Xiva tumanlarida bankning yangi bank xizmatlari markazlari ishga tushirildi.

Ta’kidlash lozimki, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda bank xizmatlari infratuzilmasini hududlarda izchil rivojlantirish, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilagan.

Bog‘ot va Xiva tumanlarida yangi bank xizmatlari markazlarining ishga tushirilishi ham ushbu maqsadlar yoʻlidagi navbatdagi amaliy qadamlardan biri bo‘ldi. Ushbu markazlar hududning iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va aholi uchun bank xizmatlaridan foydalanishda qoʻshimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.

Bank xizmatlari markazi manzillari:

Bogʻot tumani, Oqtepa MFY, Oʻzbekiston koʻchasi, 8-uy;Bogʻot tumani, Oqtepa MFY, Oʻzbekiston koʻchasi, 8-uy;

Xiva tumani, Shomoxulum MFY, Gʻallakor koʻchasi, 275-uy.

Zamonaviy bank xizmatlari — qulaylik va ishonch

Yangi bank xizmatlari markazlarida jismoniy va yuridik shaxslar uchun zamonaviy, qulay va sifatli bank xizmatlarining keng turlari taklif etilmoqda.

  • Mijozlar oʻz moliyaviy ehtiyojlaridan kelib chiqib, quyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:

    • Jismoniy va yuridik shaxslar uchun bank hisobvaraqlarini ochish va ularga xizmat koʻrsatish;

    • Milliy va xorijiy valyutalarda pul oʻtkazmalari hamda toʻlovlarni amalga oshirish;

    • Kredit va omonat xizmatlaridan foydalanish;

    • Bank kartalarini rasmiylashtirish va ularga xizmat koʻrsatish;

    • Masofaviy bank xizmatlari va zamonaviy raqamli toʻlovlardan foydalanish;

    • Tadbirkorlik subyektlari uchun hisob-kitob va kassa xizmatlarini koʻrsatish;

    • Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq bank operatsiyalarini amalga oshirish;

    • Moliyaviy masalalar boʻyicha maslahat va amaliy koʻmak olish.

Asosiy maqsad — mijozlarga tezkor, sifatli va qulay bank xizmatlarini taqdim etish, ularning moliyaviy ehtiyojlarini samarali qondirish hamda zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB aholi va tadbirkorlarga yanada yaqin boʻlib, ularning moliyaviy ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlash hamda yangi biznes imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashishdan mamnun.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.