Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

“Loyihalar fabrikasi” orqali tadbirkorlik gʻoyalari hayotga tatbiq etilmoqda

21.10.2026
•
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda istiqbolli biznes-gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash hamda yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan “Loyihalar fabrikasi” faoliyati izchil yoʻlga qoʻyilgan.

Bugungi kunda respublikamizning 14 ta hududida “Loyihalar fabrikasi” tarmogʻi tashkil etilgan boʻlib, ularda 51 nafar mutaxassis va xodimlar faoliyat yuritmoqda.

“Loyihalar fabrikasi” faoliyatining asosiy bosqichlari:

  • Tahlil va skoring: Biznes-gʻoyalarni birgalikda oʻrganish va moliyaviy tahlilni amalga oshirish;

  • Biznes-reja shakllantirish: Sunʼiy intellekt (AI) va Smarthudud.uz raqamli platformasi imkoniyatlaridan foydalangan holda tashabbuskorlar bilan birgalikda tayyor loyiha va biznes-rejalar yaratish;

  • Moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash: Loyihalarni bank yoki investorlar orqali moliyalashtirishga yoʻnaltirish, ularning monitoringini olib borish va muntazam yordam koʻrsatish;

  • Kadrlar tayyorlash: Sunʼiy intellekt yordamida loyiha pasportlari va biznes-rejalar tuzish boʻyicha mutaxassislarni oʻqitish.

Kutilayotgan natijalar: Ushbu tashabbus orqali tayyor loyihalar portfeli shakllantiriladi, investitsiyalar va moliyalashtirish manbalari jalb etiladi, hududlarda investitsiyaviy faollik oshiriladi hamda eng muhimi — yangi ish oʻrinlari yaratilib, mamlakat iqtisodiy oʻsishiga munosib hissa qoʻshiladi.

“Biznes gʻoya — barqaror rivojlanish kafolati!”

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.