Bank Boshqaruvi rahbarlari hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot qilmoqda
Ayni kunlarda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi rahbariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘lib, kichik biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Xususan, bank Boshqaruvi raisi Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida faoliyat yuritayotgan mahalliy tadbirkorlar bilan muloqot qildi.
Boshqaruv raisining o‘rinbosarlari Buxoro, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent hamda Xorazm viiloyatlarida o‘tkazilgan muloqotlarda ishtirok etishdi.
Tadbirlar davomida “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi asosida joriy qilingan moliyaviy instrumentlar orqali biznes loyihalarni moliyalashtirish va hududlarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashilmoqda.
Tadbirkorlarning o‘z faoliyatini yanada kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport hajmini oshirish, zamonaviy texnologiyalardan yanada samarali foydalanishga oid taklif va tashabbuslari o‘rganilmoqda.
Shu bilan birga, bank moliyaviy sarmoyasi asosida biznes loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Diqqat, Matbuot anjumani!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.