Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bank Boshqaruvi rahbariyatining tadbirkorlar bilan muloqoti davom etmoqda

22.05.2025
2 min

Shu kunlarda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi rahbariyati hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

Xususan, bank Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Shahzod Yusupov Surxondaryoda, rais oʻrinbosarlari – Boboxon Bobojonov Xorazm viloyatida, Oybek Voxidov Toshkent viloyatida, Bahromxoʻja Sharipov Sirdaryo viloyatida, Miraziz Egamberdiyev Buxoro viloyatida  tashkil etilgan muloqotlarda ishtirok etdi.

Ularda tadbirkorlarning faoliyatida bank tizimi bilan bogʻliq masalalar, jumladan  kredit olish, kafillik va imtiyozli shartlar haqida muhokamalar boʻlib oʻtmoqda. Murojaatlarda koʻtarilgan masalalar joyida oʻrganilib, ularni tizimli hal  etish boʻyicha amaliy choralar belgilandi.

Shuningdek, bank mutaxassislari tadbirkorlarga bank mahsulotlari boʻyicha tushuntirishlar berib, kredit mablagʻlarini maqsadli yoʻnaltirish va imtiyozlardan unumli foydalanish boʻyicha tegishli maslahatlar berdi.

Tadbirkorlarning muammo va takliflarining bevosita rahbarlar tomonidan joyiga chiqib oʻrganilishi masalalarni tezkorlik bilan hal etish hamda aholini daromadli mehnat bilan bandligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirishga asos boʻladi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.