Bank Boshqaruv raisi TIFT talabalari bilan uchrashdi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruv raisi Saxi Annaklichev TIFT universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etish, ularning kasbiy yo‘nalishini belgilashda ko‘maklashish hamda bank tizimidagi yangilanishlar haqida to‘liq ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida bank rahbari talabalarga shaxsiy rivojlanish, zamonaviy bilimlarni egallash, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, o‘z ustida muntazam ishlash va qadriyat sifatida intilishning ahamiyati borasida tavsiyalar berdi. Shuningdek, bank sohasida yuz berayotgan islohotlar, raqamli moliya ekotizimining jadal rivojlanishi, sunʼiy intellektga asoslangan xizmatlar, mijozlar uchun yaratilayotgan yangi yechimlar haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.
Tadbir doirasida universitetning 130 nafar talabasi uchun “Biznesni rivojlantirish banki”ning VISA kartalari topshirildi. Faol qatnashgan yoshlar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Uchrashuv ochiq savol-javob, fikr almashish va takliflarni tinglash ruhida o‘tdi. TIFT talabalari bankning innovatsion loyihalari, amaliyot dasturlari, yoshlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar va kelgusidagi imkoniyatlar borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB yoshlarga qo‘llab-quvvatlash, ularni innovatsion iqtisodiyotning faol ishtirokchisiga aylantirish, shuningdek, ta’lim jarayoni bilan moliya sektori o‘rtasida mustahkam hamkorlikni shakllantirish bo‘yicha faol ishlashni davom ettiradi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Ohangaronda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar oʻtkazildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.