Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Bank axborot xizmati bayonoti

30.04.2025
2 min

Joriy yilning 30-aprel kuni Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi kanallardan birida bankning Andijon viloyatdagi ofisi rahbariyati faoliyati yuzasidan tanqidiy murojaat eʼlon qilindi.

Unda xodimlarning ish vaqtidan soʻng - soat 23:00 dan 01:00 gacha majlislarga chaqirilayotgani, bu esa ularning sogʻligʻi va oilaviy hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgani bayon etilgan.

Mazkur murojaat bankning Inson resurslarini boshqarish (HR) departamenti tomonidan oʻrganib chiqildi. Xodimlardan tushgan maʼlumotlar va videokuzatuv kameralarida qayd etilgan holatlar asosida 2025-yil 21, 22, 23 va 29-aprel kunlari ayrim xodimlar soat 23:00 dan keyin ham bank binosida boʻlgani aniqlangan. Bu holat murojaatda koʻtarilgan noroziliklarning maʼlum darajada asosli ekanini tasdiqlaydi. Shunga asosan mazkur holatlar atroflicha  oʻrganilmoqda.

Oʻrganish boʻyicha yakuniy xulosalarga koʻra, mehnat qonunchiligi buzilishiga yoʻl qoʻygan masʼullarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrilishini maʼlum qilamiz.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.