Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bank axborot xizmati bayonoti

24.03.2025
4 min

“Zoʻr TV” telekanalida efirga uzatilgan videolavhada va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda Sirdaryo viloyatida yashovchi fuqaro nomiga soxta imzolar bilan bir necha tijorat banklarida noqonuniy kredit rasmiylashtirilgani bildirilgan.

Mazkur holatning bankimizga aloqador qismi yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Guliston tumanlararo sudining 2024-yil 19-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan xabarlarda daʼvogar sifatida qayd etilgan I.Gadoyevning ATB “Qishloq qurilish bank” (hozirgi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB) (Yangiyer BXM)ga nisbatan kredit shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvo arizasi qisman qanoatlantirilib, bank va daʼvogar I.Gadoyev oʻrtasida 2019-yil 12-iyunda tuzilgan kredit shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan hamda bankdan daʼvogar foydasiga 19,9 mln soʻm va 832 000 soʻm sud xarajatlari undirish belgilangan.

Ushbu sud hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida 2025-yil 22-yanvarda undiruvchi I.Gadoyev foydasiga bank tomonidan 19,9 mln soʻm asosiy qarz, 832 000  soʻm sud xarajatlari toʻlab berilgan.

Shuningdek, Bank tomonidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Guliston tumanlararo sudining 2024-yil 19-dekabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan kiritilgan kassatsiya shikoyati Sirdaryo viloyati sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasida 2025-yil 6-mart kuni koʻrib chiqilgan. Sud ajrimiga asosan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori oʻzgartirilib, bankdan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻlar kamaytirilgan, yaʼni jami 17,9 mln soʻm undirish belgilangan. Hozirda mazkur ish boʻyicha ijro etilgan sud hujjati oʻzgartirilganligi sababli, sud hujjatining qaytarma ijrosi boʻyicha choralar koʻrilmoqda.

Sud hujjatiga koʻra, daʼvogarning talablari qanoatlantirilishiga Bankning Yangiyer BXO va I.Gadoyev oʻrtasida 2019-yil 12-iyunda tuzilgan kredit shartnomasi va u bilan bogʻliq boshqa hujjatlarning soxtalashtirilganligi, yaʼni kredit hujjatlari I.Gadoyev tomonidan emas, balki boshqa shaxs tomonidan imzolanganligi sabab boʻlgan.

Mazkur ish boʻyicha sudning 2024-yil 19-dekabrdagi hal qiluv qarorida kredit hujjatlarining soxtalashtirilganligi Yangiyer shahar IIB tomonidan olib borilgan tergov harakatlari davomida oʻtkazilgan ekspertiza xulosasiga muvofiq oʻz tasdigʻini topganligi qayd etilgan.

Yangiyer IIBning 2024-yil 20-iyundagi jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish haqidagi qarorida tergov jarayonida oʻtkazilgan xatshunoslik ekspertizasi xulosalarida kredit shartnomasi va u bilan bogʻliq hujjatlardagi I.Gadoyevning imzolari uning eksperimental imzo namunalari bilan bir xil boʻlmasligi mumkinligi qayd qilinganligi, shuningdek hujjatlarga imzo qoʻygan shaxsni hamda soxta hujjatlardan kredit ajratishda foydalangan shaxsni aniqlash imkoni boʻlmaganligi bayon qilinib, jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtganligi sababli jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad qilingan.

 

 

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.