Bank axborot xizmati bayonoti
Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani hududida joylashgan "Biznesni rivojlantirish banki" ATBga qarashli bankomat nosoz holatda ekani haqida xabar e’lon qilindi.
Ushbu holat yuzasidan mazkur bankomatning nosozligiga foydalanuvchilardan biri bank kartasini unga teskari joylashtirishi sabab bo‘lganligini ma'lum qilamiz.
Texnik nosozlik bartaraf etilib, bankomat hozirda ishchi holatga keltirilgan.
O‘z navbatida fuqarolardan bankomatlardan to‘g‘ri foydalanish qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz.
Aks holda bir kishining noto‘g‘ri harakati boshqa foydalanuvchilar uchun yuqoridagi kabi noqulayliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Keltirilgan noqulaylik uchun mijozlardan uzr so‘raymiz.
Barcha yangiliklar

Diqqat, Matbuot anjumani!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.