Bank axborot xizmati bayonoti
Joriy yilning 24-sentabr kuni ijtimoiy tarmolarda "Biznesni rivojlantirish banki yoki….." mavzusida material e’lon qilindi. Unda Namangan viloyati, Pop tumanidan bo‘lgan Tadbirkor T.D.ga POP BXO tomonida asossiz ravishda kredit mablag‘lari ajratilmayotganligi iddao qilingan.
Mazkur holat o‘z vaqtida nazoratga olindi va o‘rganishlar natijasi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Tadbirkor tomonida taqdim etilgan loyiha bankning Аnderrayterlari tomonidan o‘rganib chiqilgan va quyidagilar aniqlangan, Jumladan;
- Tadbirkorga joriy yil may oyida PQ-306-sonli Qarorga asosan ajratilgan 100,0 mln. so‘mlik kredit bo‘yicha 1,5 mln. so‘m miqdorida muddati o‘tgan kredit foizi qarzdorligi mavjud;
- Tadbirkorga aloqador MChJ (jamiyatning yagona taʼsischisi T. D.)ning "BRB" АTB tizimida 3 ta muddatli krediti bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari yaʼni, 375,9 mln.so‘mlik va 93 772 АQSh dollari miqdoridagi kreditlar bo‘yicha jami 44,8 mln. so‘m va 4 500,0 АQSh dollari miqdorida muddati o‘tgan kredit hamda 6,6 mln.so‘m va 800,0 АQSh dollari miqdorida muddati o‘tgan foiz qarzdorligi mavjud.
Shunga qaramasdan tadbirkor navbatdagi – “EKSPRESS" kredit mahsulotini olish uchun ariza bilan murojaat qilgan va yuqoriagi sabablarga ko‘ra rad javobini olgan. Chunki ushbu holatlar “EKSPRESS" krediti pasportiga zid bo‘lib, bankning Kredit siyosati talabiga ko‘ra, mijozga avval ajratilgan kreditlar bo‘yicha muddti o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lganda yangi kredit ajratish taʼqiqlanadi.
Ayni paytda mavjud qarzdorliklarni so‘ndirish va keying kreditni olish ustida ish olib borilmoqda.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.