Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bank axborot xizmati bayonoti

01.11.2024
5 min

Joriy yilning 1-noyabr kuni “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi kanallarning birida  e’lon qilingan xabarda "Biznesni rivojlantirish banki" ATBning Farg‘ona BXO tomonidan  PQ-306-sonli qaror doirasida ajratilishi lozim bo‘lgan kreditning qolgan qismi ajratilishi kechikayotgani bildirilgan.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

PQ-306-sonli qarorga asosan “Biznesni rivojlantirish banki” АTB Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi va uning quyi tizimida faoliyat olib borayotgan bank xizmatlari ofislari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib  kelgan  bir  qator shaxslarga qilingan murojaatlari bo‘yicha 100 000 000 (yuz million) so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi belgilangan.

Qilingan murojaatlar bo‘yicha 2024-yil 1-noyabr kunga qadar qaror ijrosi doirasida 2 582 nafar tadbirkorlarga 254 526, 85 mln. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi yuzasidan kredit shartnomalar tuzilgan.  2 247 nafar tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanuvchi shaxslar bilan 220 617 ,45 mln. so‘mlik kredit shartnomalari  imzolanib, 2 247 nafar tadbirkorga 214 474 ,17 mln. so‘m miqdorida kredit mablaglari ajratib berilgan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, 2 247 nafar tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanuvchi shaxslarning murojaatlari yuzasidan dastlab 50 000 000 so‘m miqdorida kreditlar ajratilib, ajratilgan kredit mablagʼlari hisobiga sotib olingan mahsulotlarni to‘liq yoki qisman faoliyat joyiga olib kelib, kreditni qolgan qismi to‘liq ajratib berilishi taʼminlangan.

Shu sababli 50 000 000 so‘m miqdorida ajratilmagan kreditlarning to‘liq ajratib berilmaganligi bularning ayrimlari,  yaʼni 123 nafar tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinishi lozim bo‘lgan chorva mollari yoki boshqa mahsulotlar faoliyat joylariga o‘z vaqtida olib kelinmaganligi sabablidir. Bu borada mahsulot olinganligi to‘g‘risida hisobvaraq fakturasi bo‘yicha monitoring o‘tkazish vaqtida shu kabi holatlar aniqlanib, kreditdan maqsadli foydalanish  yuzasidan tushuntirishlar berilishiga qaramasdan hozirgi kunga qadar sotib olingan mahsulotlar olib kelinmaganligi uchun kredit mablagʼlari ayrim tadbirkorlarga ajratilmay turibdi.

Bundan tashqari bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomaning 2.7-bandida shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan 1-ilovaga muvofiq kredit va unga hisoblangan foizlar belgilangan muddatda to‘lanib borilishi belgilangan bo‘lsa-da, kredit va unga hisoblangan foizlarni to‘lamaslik holatlari aniqlanmoqda.

Shu sababli kreditning bir qismi ajratilmasdan qarzdorlikni bartaraf etishi va kreditni sog‘lomlashtirish yuzasidan mahsulotlarning faoliyat joylariga keltirilishi bo‘yicha monitoring ishlari olib borilmoqda va kelgusida ushbu holatlar bartaraf qilingandan so‘ng qolgan kredit mablag‘lari ajratib berilishi taʼminlanadi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub'ektlar tomonidan ajratilgan kredit mablagʼlari hisobiga sotib olingan chorva mollari yoki boshqa turdagi ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan dastgohlar hamda mol-mulklar olib kelinishi yuzasidan bank xodimlari tomonidan qayta monitoring o‘tkazilishi, tadbirkorlik faoliyatini sog‘lamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha muddatlar berilishi ko‘zda tutilib, PQ-306-sonli qaror ijrosini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

 

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.