Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bank axborot xizmati bayonoti

05.11.2024
3 min

Joriy yilning 5-noyabr kuni “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi kanallarning birida e'lon qilingan xabarda "Biznesni rivojlantirish banki" ATBning Farg‘ona BXO yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘limiga kirishda muammolar borligi bayon qilingan.

Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi binosining birinchi qavatida Farg‘ona bank xizmatlari ofisi (BXO) joylashgan bo‘lib, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga har qanday bank mahsulotlari bo‘yicha sifatli, qulay, tezkor xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Bank ofisida mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar binoning birinchi qavatida ko‘rsatilishi ta’minlangan. Shu bilan birga, servis xodimlardan tashqari, murojaatlar, boshqa texnik masalalar yuzasidan tashrif buyuruvchi mijozlar bankning birinchi qavatida tezkorlik bilan masalalarini hal etishadi.

Bank Boshqaruvining 2024-yil 09-sentabrdagi 17-10/7686-sonli xizmat farmoyishiga asosan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va uning tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 10-iyun hamda 27-avgust kunlari o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida energiya samaradorligini oshirish va iqtisod qilish yuzasidan qator topshiriqlar berilgan. Mazkur topshiriqlar  ijrosini ta’minlash maqsadida binoning ikkinchi va uchinchi qavatlarida energiya resurslarini izolyatsiyalash, profilaktik-texnik jarayon amalga oshirilishi munosabati bilan mijozlar vaqtincha zaxira yo‘lagidan foydalanishlari yo‘lga qo‘yilgani sababli ushbu xabardagi vaqtincha holat yuzaga kelgan.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.