Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bank axborot xizmati bayonoti

07.09.2024
2 min

Shu yilning 7-sentabr kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanallardan birida "Biznesni rivojlantirish banki" ATBning Bog‘ot tumanidagi bank xizmatlari ko‘rsatish markazi yopilganligi sababli  fuqarolar to‘lovlar amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani  haqida xabar e'lon qilindi.
Mazkur holat  yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Bog‘ot BXKMning faoliyati bank Boshqaruvining 2024-yil 10-iyundagi №128-sonli qarori bilan tugatilgan. Bunga  markazning rentabellik ko‘rsatgichi va biznes samaradorligi past ekanligi hamda faoliyatini ko‘pdan beri zarar bilan davom ettirib kelayotgani sabab bo‘ldi.

Yuqoridagi asoslarga muvofiq mazkur BXKM faoliyati o‘rnatilgan tartibda bank Boshqaruvining muhokamasidan o‘tgan va faoliyatini tugatishga doir qaror qabul qilingan.

Hozirgi kunda mazkur BXKM o‘rnida Aholining iqtisodiy savodxonligini oshirish va biznesga jalb qilish markazi ochilgan.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.