Bank axborot xizmati bayonoti
Ijtimoiy tarmoqlarda “Biznesni rivojlantirish banki”ning Farg‘ona hududiy boshqarmasi xodimlari xatti-harakatlarida korrupsiya va taʼmagirlik holatlari kuzatilayotganligi haqida xabar eʼlon qilindi.
Mazkur xabardagi murojaatchi shaxsi eʼlon qilinmagani va holat sababchilari aniq keltirilmagani sababli bildirilgan holatlarni o‘rganish va aniqlash imkoni bo‘lmadi.
Shuni maʼlum qilamizki, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabablarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bankning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha quyidagi maxsus aloqa kanallari ishga tushirilgan:
Ishonch telefoni: +998781505995;
Telegram-bot: @BRB_Antikor_bot;
E-mail: antikor@brb.uz.
O‘rganish jarayonida bankning 24/7 rejimida ishlaydigan aloqa kanallariga Farg‘ona hududiy boshqarmasi xodimlari faoliyati bo‘yicha shikoyat yoki murojaat kelib tushmagani aniqlandi.
Fursatdan foydalanib, fuqarolar va mijozlardan bankimiz tizimida qonunchilikka zid xatti-harakatlar, huquqbuzarlik yoki korrupsiyaviy holatlarga guvoh bo‘lsangiz, bu haqda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus aloqa kanallarimiz orqali tezkor xabar berishingizni so‘raymiz.
Barcha yangiliklar

Diqqat, Matbuot anjumani!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.