Bank axborot xizmati bayonoti
Shu yilning 16-iyul kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida bankning Farg‘ona BXO xodimlari murojaati asosida xabar e’lon qilindi.
Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Xabarda bank xududiy boshqarmasi yangi rahbari faoliyatidan xodimlar norozi ekani, xususan, xodimlar ish vaqtidan keyin ham ish joyida asossiz qolib, uyga kech qaytayotgani bildirilgan.
Mazkur masala bank Boshqaruvi rahbariyati tomonidan tezkor nazoratga olindi.
Xabarda bildirilgan holatlarni tezkor va xolislik asosida o‘rganish maqsadida tegishli tarkibiy tuzilmalar xodimlaridan iboray Ishchi guruh shakllantirldi va Farg‘ona viloyatiga xizmat safariga yuborilmoqda.
O‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.