Bank aloqa markazi faoliyati yangi bosqichga ko‘tarildi
"Biznesni rivojlantirish banki"ning aloqa markazi rekonstruksiyadan so‘ng yanada zamonaviy va qulay shaklda faoliyat yuritmoqda.
Ilgari aloqa markazimiz kuniga o‘rtacha 1500–1700 ta mijozga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, endi yangi ish joylari yaratilishi bilan bu raqam 2500–2800 tagacha oshishi kutilmoqda. Bu esa murojaatlarga javob berish tezligi va sifatini yanada yaxshilaydi.
Shuningdek, mijozlar bilan ishlashni samarali qilish maqsadida yangi CRM tizimi joriy etildi. U orqali operatorlar barcha zarur maʼlumotlarga tezkor kirish imkoniyatiga ega.
Xodimlar samarali ishlashi uchun esa alohida dam olish xonalari yaratildi. Bu yerda yumshoq mebel, kitob va jurnal burchagi, yengil mashqlar uchun maxsus sport hududi mavjud.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Jarqo‘rg‘on bank xizmatlari markazida milliy libos chellenji

Masofaviy xizmatlar kengayib bormoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.