Ayrim talablarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Markaziy bank tomonidan prudensial va makroprudensial choralar bank tizimi barqarorligini taʼminlash, shuningdek tizimli inqirozlar vujudga kelishining oldini olish va tizimli tavakkalchiliklarni pasaytirish vositasi sifatida qoʻllaniladi.
Soʻnggi yillarda chakana kreditlar bozorida sezilarli faollik, shu jumladan banklar kredit portfelida mikroqarzlar ulushining oʻsishi natijasida aholi qarz yukining oʻsib borishi hamda ayrim banklar kredit portfelida toʻplanish (konsentratsiya) tavakkalchiligi yuzaga kelishi kuzatilmoqda.
Shundan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan nizom loyihasida qarz oluvchilarning qarz yuki koʻrsatkichi (DSTI) hamda kreditning garovga nisbati koʻrsatkichini (LTV) hisob-kitob qilish tartibi xalqaro standartlar va xorijiy tajriba asosida takomillashtirilmoqda.
Bundan tashqari, banklar uchun sohalar kesimida kreditlar toʻplanishi (konsentratsiyasi) koeffitsiyenti kiritilishi nazarda tutilmoqda. Bunda jismoniy shaxslarga ajratilgan mikroqarzlar qoldigʻi bankning jami kredit portfelidagi ulushi 25 foizdan oshmasligi belgilanmoqda.
Qayd etish oʻrinliki, hozirgi kunda mikroqarzlar toʻplanishi (konsentratsiyasi) mazkur darajadan yuqori boʻlgan banklar uchun zarur muddat berilgan holda muvofiqlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.
Maʼlumot uchun, yuqorida qayd etilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻzida mujassamlashtirgan hujjat loyihasi regulation.adliya.uz sayti orqali jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilgan.
Barcha yangiliklar

Korrupsiyaga nisbatan “mutlaq murosasizlik” shakllanmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.